Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli koʼpaytiriladi


Faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli koʼpaytiriladi

“Oʼzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bir yoʼla beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha (1,5 mlndan 4,5 mln soʼmgacha) oshiriladi.

Shuningdek, koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:

ular uchun qulay boʼlgan vaqtda yillik asosiy mehnat taʼtiliga chiqish;

shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yoʼnalishli va yoʼnalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;

▫️davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yoʼllanmalarni navbatsiz olish;

???? doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, turmush oʼrtogʼi, farzandlari, aka-uka va opa-singillari, turmush oʼrtogʼining ota-onalari) statsionar davolanish jarayonida, zarurat tugʼilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul taʼminlanadi;

???? donorlarni bepul ovqat bilan taʼminlash boʼyicha xarajatlarning qiymati respublika boʼyicha bir xil — mehnatga haq toʼlash eng kam miqdorining 3 foizi (27 ming 600 soʼm) miqdorida belgilanadi;

???? immun donorlarga oʼtkazilgan immunizatsiya va topshirilgan plazmasi uchun haq toʼlash miqdori mehnatga haq toʼlash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi;

????shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.

 

 

 

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov