Янгиликлар
Mudira avval davlat mulkini talon-taroj qilgani uchun sudlangan edi. Yana ishlab yuribdi. Shu to'g'rimi?
Mudira avval davlat mulkini talon-taroj qilgani uchun sudlangan edi. Yana ishlab yuribdi. Shu to'g'rimi?
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” Qonun 44-moddasi (Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar)
????Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
????Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas
????Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir boshqa cheklovlar ham belgilanishi mumkin.
❌ Demak, Qonun bo'yicha mudira bog'cha mudirasi bo'lib ishlashi mumkin emas (sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan qat’i nazar)