Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

MA’MURIY ISLOHOTLAR – KECHA VA BUGUN


MA’MURIY ISLOHOTLAR – KECHA VA BUGUN


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatimizda turli jabhalaridagi islohotlar bilan bir qatorda kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa va muammoli masalalarga, shu jumladan davlat boshqaruvidagi samaradorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar bugun boshlangan jarayon emas. Buni 2017-yil 8-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi” bilan bevosita bog‘lashimiz mumkin. Ushbu konsepsiyada mamlakatimizda amalga oshirish kerak bo‘lgan 6 ta muhim yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Ma'muriy islohotlar eng avvalo davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, davlat hukumat va boshqaruv organlarini tubdan qayta tashkil etish, ular faoliyatini islohotlar hamda liberallik, xalqparvarlik va javobgarlilik talablariga muvofiqligini ta’minlashi zarur.
Oʻtgan 6 yil mobaynida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish borasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi tubdan takomillashtirildi. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash boʻyicha samarali mexanizmlar joriy etildi. Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning huquqiy asoslari yaratildi.
Mazkur islohotlarning izchil davomi tariqasida, shuningdek, Yangi Oʻzbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani koʻrib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmon bilan davlat boshqaruvi idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish, boshqaruv idoralarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyat va javobgarligini kuchaytirish, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz kurashish, qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlar ijrosini oʻz vaqtida va samarali ta’minlash kelgusi yilda amalga oshirish maqsad qilingan. Bu orqali vazirliklar va ijro organlarining vazifa va funksiyalari nomarkazlashtiriladi. Ya’ni, yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotlarida yig‘ilib qolgan vazifa va funksiyalar quyi turuvchi davlat organlarga beriladi. Bu orqali har bir soha bevosita natijadorlikka yo‘naltiriladi.
Bu islohotlarni amalga oshirish o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. Buni ishlab chiqishda rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasi chuqur o‘rganib chiqildi. Misol uchun  Fransiyada 18 ta, Germaniyada 14 ta, Yaponiyada 13 ta, Finlandiyada 12 ta, Niderlandiyada 11 ta, Shveysariyada 7 ta davlat organlari davlat boshqaruvida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.  
Shuningdek farmon bilan vazirliklarlarning mas’uliyati va javobgarligi ham belgilab berildi. Endilikda har bir vazirlik yil boshida o‘zining amalga oshirishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilab oladi va yil yakunida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka va xalqqa bevosita xisobot beradi. Agar belgilangan vazifalar bajarilmasa, vazirliklar solidar yoki individual tartibda iste’fo beradi. Bu orqali vazirliklarning natijadorligiga erishish maqsad qilingan.
Bunday islohotlar orqali mablagʻlarini tejashga, ulardan toʻgʻri va oqilona foydalanishga, eng asosiysi, davlat organlari xalqqa chinakam xizmat qilishiga hamda byurokratiyani keskin kamaytirishga olib keladi.

 

 

Zafar JUMANOV,

Quyi Chirchiq tuman adliya                                                                                         bo’limi bosh maslahatchisi