Янгиликлар
ADVOKATLIK FAOLIYATINI BOSHLASH YANADA OSONLASHDI.
ADVOKATLIK FAOLIYATINI BOSHLASH YANADA OSONLASHDI.
Hukumatimizning 2022 yil 05 avgustdagi 432-sonli qarori bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomga ko'ra, advokatlik faoliyatini litsenziyalash quyidagi ixtisosliklar bo'yicha amalga oshiriladi:
-fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
-ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.
Har bir talabgor tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo'yicha malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.
Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo'lishi kerak:
-O'zbekiston fuqarosi bo'lishi;
-oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi;
-yuridik mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo'lishi;
-advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o'tagan bo'lishi;
-malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo'lishi.
Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.
Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo'yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O'zbekistonning butun hududida amal qiladi.
Arizani ko'rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (150 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.
Ariza 10 ish kunida ko'rib chiqiladi.
Litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga xabarnoma yuboriladi.
Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq bo'lmagan muddatga davlat boji (BHMning 1 baravari – 300 ming so'm) to'laydi. Davlat boji to'langach, talabgorga elektron shaklda QR-kod qo'yilgan litsenziya yuboriladi.
2023 YIL 1 YANVARIDAN LITSENZIYA AXBOROT TIZIMI ORQALI BERILADI.
Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi Kanjarova Gulnoza Abdumalikovna