Янгиликлар
Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi
Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyuldagi 395-son qarori bilan endilikda davlat xizmatlari markazlari orqali yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan diplomning dublikatini olish mumkin boʻladi.
Reglamentga muvofiq, fuqarolarning maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati yoʻqolsa yoki yaroqsiz holga kelib qolsa hujjat dublikatini olish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXPga (my.gov.uz) murojaat qilinadi.
Fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda ham murojaat yuborish mumkin.
Murojaat yoʻllash va dublikatni olish tartibi:
Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.
Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.
Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.
Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi xam mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.
Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi Xisoblash texnikasi operatori Kasimova Marg`uba Asatullayevna