Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Prezident Farmoni bilan Respublikamizdagi vazirliklar sonli qisqartirildi


Prezident Farmoni bilan Respublikamizdagi vazirliklar sonli qisqartirildi

Prezidentning “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan hukumatga boʻysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shuningdek, vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirildi

2023-yil 1-yanvardan boshlab hukumatga boʻysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 21 tagacha qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora toʻliq tugatiladi hamda barcha vazirliklarning shtatlari 30 foizgacha qisqartirildi.

Bundan tashqari, hukumatda amaldagi 8 nafar Bosh vazir oʻrinbosari va 3 nafar Bosh vazir maslahatchisi lavozimlaridan faqat 4 nafar Bosh vazir oʻrinbosari qoldirildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida amaldagi 269 ta shtatdan 120 tasi qoladi. Bunda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar boʻyicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi boʻlimlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimidan iborat Vazirlar Mahkamasi apparati tugatildi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab esa Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etmoqda:

§ Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;

§ Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

§ Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi;

§ Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;

§ Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;

§ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

§ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;

§ Tabiat resurslari vazirligi;

§ Yoshlar siyosati va sport vazirligi;

§ Qishloq xoʻjaligi vazirligi;

§ Suv xoʻjaligi vazirligi;

§ Raqamli texnologiyalar vazirligi;

§ Adliya vazirligi;

§ Transport vazirligi;

§ Madaniyat va turizm vazirligi;

§ Mudofaa vazirligi;

§ Energetika vazirligi;

§ Sogʻliqni saqlash vazirligi;

§ Tashqi ishlar vazirligi;

§ Ichki ishlar vazirligi;

§ Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Davlat boshqaruvi apparatini saqlash xarajatlarini qisqartirish maqsadida vazirliklarda:

§ masofaviy “onlayn qabul”, “virtual tashrif” kabi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ish uslublari kengaytiriladi;

§ energiya sarfi bosqichma-bosqich, shu jumladan tejamkor texnologiyalar joriy etish hisobiga kamaytiriladi.

Umuman, farmon va qaror bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va ish tizimini takomillashtirish boʻyicha yana bir qator yangiliklar joriy etilmoqda.

 

Bekobod tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi:                                                A.Iskandarov