Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Xalq salomatligi va sogʻlom millat genofondi- davlatning muhim boyligi.


Xalq salomatligi va sogʻlom millat genofondi- davlatning muhim boyligi.

Mamlakatimizda aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, soʻnggi yillarda yurtimizda sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, malakali tibbiy kadrlar salohiyatini oshirish, sohaga yangi boshqaruv usullarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar yangicha mazmun kasb etayapti.

Biroq, keyingi yillarda kadrlar masalasida kamchiliklarimiz koʻzga tashlanib qoldi. Ayniqsa, chekka hududlarda oilaviy shifokor, umumiy amaliyot shifokorlarining yetarli emasligi, baʼzi hududlarda tor soha mutaxassislari yoʻqligi, malakali mutaxassislar koʻproq Toshkent shahrida faoliyat yuritishi Respublika sogʻliqni saqlash tizimi rahbariyati tomonidan ham tahlil qilindi.

2022-yil 3-oktyabrdagi 561-sonli “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish” toʻgʻrisidagi qaroriga koʻra 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga mehnat shartnomasi asosida toʻliq stavkagacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam muassasalarida shifokor hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) boʻlimlarida mavjud shifokor vakant oʻrinlarida;

barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklarining bitiruvchi kurs talabalariga oʻz yoʻnalishidagi mutaxassislik boʻyicha mavjud vakant oʻrinlarda mehnat shartnomasi asosida toʻliq stavkagacha faoliyat koʻrsatishlariga ruxsat berilgan.

“Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari oʻquv rejalaridagi fanlar va amaliy mashgʻulotlarning nazariy qismi masofaviy shaklda oʻzlashtirishmoqda.

Tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining masʼul professor-oʻqituvchilari ustoz-shogird tizimi asosida talabalar, magistr va klinik ordinatorlarga biriktirilgan.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun oʻquv yili davomida (qoida tariqasida, doimiy yashash joylaridagi yoki oʻzlarining roziligi bilan boshqa joylardagi) tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini, rejadagi maʼruza va oʻquv mashgʻulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini joriy qilingan.

 

Bekobod tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

markaz boshligʻi                                                                                          A.Iskandarov