Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Farzandlikka olish


Farzandlikka olish

 

Sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o‘n kun ichida FHDY organi farzandlikka olingan bolaning tug‘ilishi qayd etilgan dalolatnoma yozuviga zarur o‘zgartirishlar kiritishi lozim.

Farzandlikka olishni rasmiylashtirish uchun FHDY organiga sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan ko‘chirma, farzandlikka olinuvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, shuningdek farzandlikka oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi. Farzandlikka oluvchilar ikki yoki undan ko‘p bolani bir vaqtda farzandlikka olgan hollarda har bir bola uchun alohida sudning hal qiluv qarori taqdim etilishi, agar ushbu masalada sud tomonidan bitta hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorining nusxalari farzandlikka olinayotgan bolalarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etilishi hamda har bir qarorga alohida kirim va ijro haqida belgi qo‘yilishi lozim.

Bir viloyatda (tuman, shaharda) doimiy yashovchi farzandlikka oluvchi(lar) ikkinchi viloyatda (tuman, shaharda) yashayotgan bolani farzandlikka olayotgan bo‘lsa va o‘z(lar)ining doimiy yashash joyidagi FHDY organiga murojaat etsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori va bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY organiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish va yangi guvohnoma berish uchun yuboriladi.

O‘n yoshdan oshmagan bolaning tug‘ilgan joyi sudning hal qiluv qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda farzandlikka oluvchi(lar)ning yashash joyidagi FHDY organida tiklangan dalolatnoma yozuvi qayd etiladi va yetti kun ichida dastlabki dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY organiga uni bekor qilish haqida xabarnoma (22a-ilova) yuboriladi.

Agar o‘n yoshdan oshmagan bolaning tug‘ilgan sanasi sudning hal qiluv qarori asosida bir yildan ortiq bo‘lmagan farq bilan o‘zgartirilsa va ushbu sana bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd qilingan sanadan keyin qilib belgilansa, u holda FHDY organi tomonidan tiklangan dalolatnoma yozuvi qayd etilib, dastlabki dalolatnoma yozuvi bekor qilinadi va yetti kun ichida dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY arxiviga uni bekor qilish haqida xabarnoma yuboriladi.

 

 

 

BEKOBOD TUMANI FHDYO BO`LIMI

ISH YURITUVCHISI                                                               M.ISHANKULOVA.