Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Otalikni belgilash


Otalikni belgilash

 

O‘zaro qonuniy nikohda bo‘lmagan ota-onaning Otalikni belgilash haqidagi arizasi (19-ilova) uni qabul qilgan FHDY organi xodimi tomonidan imzolanib, tartib raqami va sana qo‘yiladi hamda Otalikni belgilash haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga (20-ilova) kirim qilinib, ketma-ket tikib boriladi.

Otalikni belgilash haqidagi ariza FHDY organiga bola tug‘ilgungacha, bolaning tug‘ilishini qayd etish bilan bir vaqtda yoki bolaning tug‘ilishi qayd etilgandan so‘ng berilishi mumkin. Ariza FHDY organining mas’ul xodimi tomonidan undagi ma’lumotlarni ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan solishtirib qabul qilinadi.

Otalikni belgilashda ota-onadan biri ishtirok etmagan taqdirda, uning arizadagi imzosi belgilangan tartibda (tibbiy muassasa, FHDY organi, harbiy qism, jazoni ijro etish muassasasi rahbari imzosi va gerbli muhri bilan yoki notarial tartibda) tasdiqlanishi zarur.

Otalikni ishonchnoma orqali belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sudning otalikni belgilash haqidagi hal qiluv qaroriga asosan bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish mazkur hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchi tomonidan sudning hal qiluv qarori va bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi taqdim qilinishi zarur.

Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yolg‘iz onaning arizasiga asosan qayd etilgandan keyin bolaning ota-onasi qonuniy nikohdan o‘tib, ona erining familiyasiga o‘tgan bo‘lsa va ular otalikni belgilash haqida birgalikdagi ariza bilan murojaat etsa, dalolatnoma yozuvining ona ustunidagi onaning familiyasi haqidagi yozuvga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda onadan qo‘shimcha ariza olish talab etilmaydi.

Otalik belgilangandan keyin ariza beruvchi(lar)ga Otalik belgilanganligi haqida ma’lumotnoma (21-ilova) beriladi.

 

 

BEKOBOD TUMANI FHDYO

BO`LIMI MUDIRASI                                                     N.O.TASHPULATOVA