Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Tibbiyot hodimlarini moddiy rag‘batlantirish


Tibbiyot hodimlarini moddiy rag‘batlantirish

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 maydagi PF–136-son “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2023 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligining “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizomi tasdiqlangan. [Adliya vazirligi tomonidan 3416-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]

      Nizomga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi 2 yo‘nalishda sarflanadi:
        -75 foizi - barcha davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun;
        -25 foizi - tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish va ta’mirlash
        -Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag'batlantirishning quyidagi turlari qo'llaniladi:
        -tibbiyot muassasalarining oliy toifaga ega bo‘lgan, alohida natijalarga erishgan, halol va vijdonan mehnat qilayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga – lavozim maoshining 100 foizigacha, boshqa xodimlarga – 75 foizigacha oylik ustamalar;
        -potentsialga ega yangi boshlanuvchi yosh shifokorlar uchun oylik maxsus nafaqalar - 1 million so‘mgacha;
        -oilaviy vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytirilganligi munosabati bilan ikkinchi smenada ishlovchi shifokorlar va hamshiralarga oylik qo‘shimcha nafaqalar – mansab maoshining 30 foizigacha;
        - kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan tibbiyot muassasalarining barcha xodimlariga beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy moddiy yordam.
        -Oylik foizli bonuslar tibbiyot muassasasi xodimlarining reyting tizimini hisobga olgan holda to'lanadi.
 
        Bekobod tumani Adliya bo‘limi
        yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
        bosh yuriskonsulti                                                R.M.Mirzaaxmedov.