Янгиликлар
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar qanday ishlarni koʻradi?
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar qanday ishlarni koʻradi?
Oilaviy nizolar (Aliment undirish, otalikni belgilash, mulkiy va/yoki nomulkiy masalalar boʻyicha, meros munosabatlari, nikohdan ajratish va/yoki yarashtirish)
-Aliment undirish;
- Aliment boʻyicha qarzdorlikni toʻlashdan ozod etish boʻyicha;
- Aliment boʻyicha neustoyka undirish boʻyicha;
- Aliment miqdorini kamaytirish haqida;
- Alimentni qayta hisoblash toʻgʻrisida;
- Alimentni qatʼiy summadan undirish toʻgʻrisida;
- Alimentni belgilangan miqdorini oʻzgartirish va alimentni qatʼiy summada undirish toʻgʻrisida;
- Bolaga aliment undirish toʻgʻrisida;
- Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bola uchun aliment undirish toʻgʻrisida;
- Mol mulkni boʻlish haqida;
- Nikoxdan ajratish haqida;
- Ota (ona)ni taʼminlash uchun aliment undirish toʻgʻrisida;
- Ota (ona)lik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisida;
- Aliment undirish haqidagi sud buyrugʻini bekor qilish haqida;
- Bolani tarbiyalash huquqini u bilan alohida yashagan holda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida;
- Ota (ona)lik huquqini cheklash toʻgʻrisida;
- Otalikka eʼtiroz bildirish toʻgʻrisida;
- Otalikni belgilash va aliment undirish toʻgʻrisida;
- Bolani yashash joyini belgilash toʻgʻrisida;
- Bola bilan uchrashishga toʻsqinliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida;
- Bola bilan koʻrishib turish tartibini belgilash toʻgʻrisida;
- Farzanlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisida;
- Ota-ona alohida yashagan hollarda bolalarning yashash joyini belgilash toʻgʻrisida;
- Ota (ona)lik huquqini tiklash toʻgʻrisida;
- Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisiddagi guvohnomani va vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida;
- Vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida;
- Noloyiq merosxoʻr deb topish toʻgʻrisida;
- Merosni qabul qilib olish muddatini tiklash toʻgʻrisida;
- Merosga boʻlgan mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida;
- Meros boʻyicha ulushlarni belgilash toʻgʻrisida;
- Mol-mulkni meros tarkibiga kiritish toʻgʻrisida;
- Nikoh tuzilganligini va bekor qilinganligini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida;
- Nikoh haqiqiy emas deb topilganligi sababli zararni qoplash toʻgʻrisida;
- Nikohdan ajratish toʻgʻrisida;
- Soxta nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida;
- Turmush oʻrtogʻi boshqa nikohda boʻlganligi sababli nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida;
Uy-joy nizolar (uy-joydan foydalanish huquqi, uy-joydan majburiy koʻchirish va/yoki uy joyga kiritish)
- Ijara shartnomasi asosida belgilangan uy-joydan vaqtincha yashovchilarni koʻchirish toʻgʻrisida;
- Uy-joyga majburiy kiritish tartibi toʻgʻrisida;
- Xonadondan majburiy tartibda koʻchirish haqida;
- Uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotganlikni tan olish va hisob (propiska)dan oʻchirish toʻgʻrisida;
- Yotoqxonadan koʻchirish toʻgʻrisida;
- Oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmaga mulk huquqini belgilash haqida;
- Oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmani buzish toʻgʻrisida;
- Xonadonga suv tortish shaklida yetkazilgan zararni undirish haqida;
- Oʻzboshimchalik bilan qurilgan qayta qurish ishlarini oʻz holiga keltirish toʻgʻrisida;
- Umumiy mulk boʻlgan uy-joydan foydalanish tartibini belgilash haqida;
Mehnat nizolari (ishga tiklash, Ish haqini undirish, maʼnaviy zararni qoplash, konpensatsiya va toʻlanmagan mukofot pullarini undirish)
- Ishga tiklash va maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida;
- Ish xaqqini undirish toʻgʻrisida;
- Ish xaqqini undirish va toʻlovlarni kechikkanligi sababli pul kompensatsiyasi undirish toʻgʻrisida;
- Toʻlanmagan mukofot pullarini undirish toʻgʻrisida;
- Ishdan boʻshagandan soʻng berilmagan mehnat daftarchasi va boshqa xujjatlarni talab qilib olish boʻyicha;
- Mehnat munosabatlari deb tan olish va ish beruvchini mehnat shartnomasini tuzishga majburlash toʻgʻrisida;
- Ishdan boʻshatishni noqonuniy deb topish toʻgʻrisida;
Barcha turdagi shartnomaviy munosabalardan kelib chiadigan nizolar va boshqa turdagi fuqarolik nizolar (Bank kredit shartnomasi, Qarz shartnomasii, Kafillik va Garov shartnomasi, Ijara shartnomasi, Oldi-sotdi shartnomalari, mulkiy va nomulkiy tusdgi, yer uchastkalari toʻgʻrisidagi, barcha turdagi koʻrilgan zararlar toʻgʻrisidagi)
- Ijara toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida;
- Ijara shartnomasini bekor qilish va ijara toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida;
- Kredit shartnomasi boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida;
- Maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida;
- Mol mulkni xatlashdan chiqarish toʻgʻrisida;
- Muomilaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisida;
- Fuqaroning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisida;
- Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida;
- Yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini tan olish toʻgʻrisida;
- Xonadonning bir qismiga mulk huquqini tan olish toʻgʻrisida;
- Avtomobilga boʻlgan mulk huquqini tan olish toʻgʻrisida;
- Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisida;
- Garaj uchun mulk huquqini belgilash toʻgʻrisida;
- Sifatsiz tovarni almashtirish toʻgʻrisida;
- Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida;
- Mol mulkdan foydalanish boʻyicha toʻsiqlarni bartaraf etish haqida;
- Avtomashinaga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisida;
- Yongʻin natijasida yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisida;
- Xodimdan moddiy zararni undirish toʻgʻrisida;
- Yoʻl transport xodisasi natijasida mol mulkka yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisida;
- Voyaga yetmagan shaxs tomonidan yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisida.
Bekobod tuman yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti D.Djurayeva.