Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Er-xotin ajrashayotganda bolalarning kim bilan qolishi qanday hal etiladi?


Er-xotin ajrashayotganda bolalarning kim bilan qolishi qanday hal etiladi?

Oila kodeksining 71-moddasiga binoan, ota-ona oʻz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar (ota-onalik huquqlari).

Mazkur kodeksning 75-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlari talabiga koʻra, bolalarning taʼlim-tarbiyasiga taalluqli barcha masalalar bolalar manfaatidan kelib chiqqan va ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan oʻzaro kelishuv asosida hal etiladi. Agar ota-ona oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlsa, ular (ulardan biri) bu kelishmovchiliklarni hal qilish uchun vasiylik va homiylik organiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.

Ota-ona alohida yashaganda bolalarning qayerda yashashi ota-onaning kelishuviga binoan belgilanadi. Ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, nizo sud tomonidan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal etiladi. Bunda sud, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bogʻlanib qolganligini, bolaning yoshini, ota-onasining axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola oʻrtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining mashgʻulot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini hisobga oladi.

Ushbu qoidalarga koʻra, ota-ona tomonidan bolalarning qayerda yashashi toʻgʻrisida oʻzaro kelishuvga erisha olmasa, bolalarini oʻz tarbiyasiga olish haqida, ular yashash hududi boʻyicha fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudiga daʼvo ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 76-moddasiga asosan, ota-ona (ulardan biri) bolalar bilan koʻrishish va ularning tarbiyasida ishtirok etish, taʼlim olishi masalasini hal etishda qatnashish haqidagi daʼvo ariza bilan yana sudga murojaat qilishi mumkin.

 

Qibray tumani adliya

Boʻlimi boshligʻi v.v.b                                                  S.A.Yusupov