Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Davlat xizmatchilarining mehnat shartnomalariga talablar belgilandi.


Davlat xizmatchilarining mehnat shartnomalariga talablar belgilandi.

 

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (13.01.2023-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 3413).

 

Hujjatga muvofiq:

·         davlat xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasida aks ettiriladigan 21 ta majburiy (davlat xizmatining hususiyati, davlat xizmati bilan bogʻliq cheklovlar, ish rejimi xususiyatlari va boshqalar) va 9 ta qoʻshimcha (sinov muddati, maʼlumotlarni oshkor etmaslik talabi) shartlar roʻyxati tasdiqlanmoqda;

·         davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi 3 yildan ortiq boʻlmagan yoki nomuayyan muddatga yozma shaklda tuziladi;

·         davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi.

 

Mehnat shartnomasining mazmuniga:

·          davlat fuqarolik xizmatchisining holatini davlat fuqarolik xizmati va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiradigan;

·         kamsitishni taqiqlash toʻgʻrisidagi talablarni buzadigan;

·         majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

·         davlat fuqarolik xizmatchisini qonunga xilof harakatlarni yoki ham davlat fuqarolik xizmatchisining, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilgan boʻlsa, ular haqiqiy boʻlmaydi.

 

         Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 30.04.2023-yildan kuchga kiradi.


 

 

Qibray tumani adliya

boʻlimi boshligʻi v.v.b                                                                      S.A.Yusupov