Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar


Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar

 

Fuqarolik qonunchiligi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo‘ladilar. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, fuqarolik qonunchiligida belgilab qo‘yilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga qo‘llaniladi.Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o‘zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan belgilarga javob beradigan oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonunchiligi bu munosabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonunchiligi qo‘llanilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Fuqarolik qonunchiligi ushbu Kodeksdan, ushbu Kodeks 2-moddasining birinchito‘rtinchi va beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar hamda qonunchilik hujjatlaridan iborat. Boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlaridagi fuqarolik qonunchiligi normalari ushbu Kodeksga mos bo‘lishi shart. Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar chiqarishi mumkin.

 

Ohangaron shahar adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                           O.Annakulov