Янгиликлар
Yuridik shaxslarda manfaatlar to’qnashuvi
Yuridik shaxslarda manfaatlar to’qnashuvi
Yuridik shaxsni uning faoliyatiga taʼsir oʻtkaza oladigan yoki taʼsir koʻrsatishga qodir boʻlgan shaxslar bilan aloqalaridan ajralgan holda toʻliq anglab boʻlmaydi. Yuridik shaxs oʻz organlari orqali fuqarolik huquqlariga ega boʻlganligi va fuqarolik majburiyatlarini oʻz zimmasiga olganligi sababli, uning faoliyati jamoaviy xususiyatga ega. Kollektiv faoliyat uning ishtirokchilarining turli manfaatlarining toʻqnashuvi bilan tavsiflanadi, ular har doim ham qonun bilan samarali tartibga solinmaydi, ayrim hollarda esa umuman tartibga solinmaydi. XXI asrning boshlarida moliyaviy bozorlardagi bir qator notinchliklar boʻlganligi xammamizga ayondir, xususan, 2002-yilda “Enron” (AQSH) bankrotligi va keyinchalik Sarbanes-Oxley qonunining (Sarbanes – Oxley Act) qabul qilinishi bilan tavsiflangan. Ular jahon iqtisodiyotiga shunchalik kuchli taʼsir koʻrsatdiki, ular manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish standartlarini (manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish boʻyicha OECD- “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti” va
G20 aktlari), boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bitimlar tuzish uchun mahalliy standartlarni shakllantirish uchun asos yaratdilar. Mavjud qonunlar ham ijtimoiy munosabatlardagi oʻzgarishlarga javob beraolmadi. Davlat va xususiy sohada manfaatlar toʻqnashuvini va uning oqibatlarini bartaraf etishning huquqiy vositalarini aniqlashga qaratilgan huquqiy tartibga solish shakillana boshladi. Bunga misol qilib, mamlakatimizda bir nechta tadbirkorlik kompaniyalarida manfaatdor shaxslar bitimlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qabul qilingan. Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 6-mayda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi 370-sonli Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 6-dekabrda qabul qilingan «Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi 310-II-sonli qonuni manfaatdor shaxslarning bitimlariga bagʻishlangan.
Ohangaron Shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti
Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li