Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Tadbirkorlik faoliyatida subsidiar javobgarlikni huquqiy tartibga solish


Tadbirkorlik faoliyatida subsidiar javobgarlikni huquqiy tartibga solish

         Xalqaro tijorat aloqalarini o’rnatish, transmilliy korporatsiyalar tashkil etish, milliy kompaniyalarning aktivlari ustidan nazoratni o’rnatish amaliyotini kengaytirish iqtisodiy rivojlanish bilan bog’liqligidan kelib chiqqan holda xo’jalik yurituvchi jamiyatlarning to’lovga qobilyatsizlik holatiga olib kelgan majburiy ko’rsatmalar berish huquqiga ega shaxslar yuridik shaxslarning cheklangan javobgarlik institutidan foydalanishi natijasida huquqni suistemol qilish holatlari ko’plab uchramoqda. Aynan yuridik shaxslarning cheklangan javobgarlik institutidan foydalangan holda yuridik shaxsni nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan noqonuniy foyda olish va kreditorlar talabini qanoatlantirmaslik natijasida Doing Business 2020 yilgi hisobotiga ko’ra dunyo bo’yicha tadbirkorlik faoliyati hisoblanuvchi yuridik shaxslarning bankrotlik holatida to’lanmay qolgan qarzlar miqdori 55% ni tashkil etmoqda. Shu sababli tadbirkorlik faoliyatida subsidiar javobgarlikning ahamiyatini oshirish muhimdir. Shuningdek yana bir statistik ma’lumotga ko’ra, mamlakatimizda yuridik shaxslarning qarzlari bo’yicha ularning tasischilarini javobgarlikka tortishga oid 2010-2020 yillar davomida 45 ta da’vo ariza kiritilgan bo’lsa, shulardan faqat 2 tasi qanoatlantirilga. Ushbu sohadagi muammolarni tizimli hal qilish maqsadida 12.04.2022 yilda “To’lovga qobilyatsizlik to’g’risida” O’RQ-763-sonli qonun qabul qilindi va sohadagi muammolar o’z yechimini topdi. “To’lovga qobilyatsizlik to’g’risida”gi qonun qabul qilinguniga qadar tadbirkorlik faoliyati subsidiary javobgarlikni qo’llash bilan bog’liq bir qator muammolar ya’ni subsidiar javobgarlikka tortish to’g’risida ariza bilan kimlar murojaat qilish mumkinligi, javobgarlik vujudga kelgan vaqt kimlarni subsidiar javobgar shaxs sifatida ishga jalb qilish mumkin, kreditorlar oldida subsidiar javobgar shaxsning javobgarligi miqdori qanday bo’lishi va boshqa bir qator muammolar bor edi. Hozirgi vaqtda ushbu qonunning qabul qilinishi qarzdor yuridik shaxslarning bankrotlik holatida kreditorlar oldida bajarilmay qolgan majburiyatlari yuzasidan aybdor shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish bilan bog’liq bo’lgan holatlarga aniqlik kiritildi.

 

Ohangaron Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li