Янгиликлар
Markaziy apparatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bo‘linma tashkil etilishi majburiy hisoblanadi
Markaziy apparatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bo‘linma tashkil etilishi majburiy hisoblanadi
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–14-son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi
????Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
????boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (56 573 nafar);
????Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yagona ro‘yxati (jami 69 ta, shundan vazirliklar – 21 ta, qo‘mitalar – 12 ta, agentliklar – 25 ta, inspeksiyalar – 11 ta).
???? Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilib, ularning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
???? Shuningdek, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy bo‘linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar tasdiqlandi.
⏩ Jumladan, rahbar xodimlar va ijrochilar nisbati markaziy apparat bo‘yicha kamida 1/3 nisbatda bo‘lishi lozim.
???? Vazirlarning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo‘naltirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta’minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilinishi mumkin.
❗️Markaziy apparatlarda quyidagi tarkibiy bo‘linmalar (lavozimlar) tashkil etilishi majburiy hisoblanadi:
▫️strategik rejalashtirish va metodologiya;
▫️jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari);
▫️inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish;
▫️axborot tahlil va ijro intizomi;
▫️murojaatlar;
▫️axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
va raqamlashtirish;
▫️yuridik ta’minlash;
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish;
▫️moliya-iqtisod;
▫️xalqaro hamkorlik va reytinglar;
▫️birinchi bo‘lim.
????Farmonga ko‘ra shuningdek, vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident hujjati loyihasi ishlab chiqiladi
Ohangaron shahar adliya
bo‘lim boshlig‘i R.Xamraev