Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Tekshirishlarni ro‘yxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi


Tekshirishlarni ro‘yxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi

 

 

2023 yil 20 yanvar kuni Prezident tomonidan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘RQ-815-sonli Qonun imzolandi

 

Shunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonunga tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil vazifalariga quyidagilar qo‘shildi:

 

Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini elektron yuritish;

majburiy talablar elektron reestrini yuritish.

 

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari quyidagilarni qo‘shimcha ravishda amalga oshiradi:

 

-          malaka imtihonini o‘tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va tugatish tartibini, auditorlar malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni tasdiqlaydi;

 

-          malaka imtihonini o‘tkazadi;

 

-          auditorning malaka sertifikatini beradi.

 

Ohangaron shahar adliya

bo‘lim boshlig‘i                                                                                                             R.Xamraev