Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Vasiylik va homiylikning maqsadi


Vasiylik va homiylikning maqsadi

 

Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.

Homiylik o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin. Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyga ko‘ra, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyga ko‘ra belgilanadi.

Vasiylik va homiylikni belgilash va tugatish, davlat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlarini amalga oshirish, vasiylar va homiylar huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarini bajarish, o‘zlariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar huquqlarini amalga oshirish hamda mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

 

Ohangaron shahar Adliya

bo`limi boshlig’i                                                                    R.Xamrayev