Янгиликлар
Yoshlar va xotin-qizlarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilayotgan imkoniyat
Yoshlar va xotin-qizlarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilayotgan imkoniyat
Ma’lumki yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlar va xotin-qizlarga hayotning har bir jabhasida alohida imtiyozlar berilmoqda, ushbu berilayotgan imtiyozlardan albatta yoshlar va xotin-qizlarimiz o’z o’rnida foydalanib o’z hayotlarini yaxshilashga intilib tadbirkorlik, kasb-hunar o’rganishlarida hamda oliy o’quv yurtlarida o’qishlarida berilayotgan imtiyozlarni alohida takidlashimiz lozim. Ushbu berilayotgan barcha imtiyozlar yoshlar va xotin-qizlarimizni hayotda o’z o’rnini topishlari va yaxshi yashashlarini ta’minlash eng asosiy maqsad ekanligi hammamizga ma’lumdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida yoshlarimiz va ayollarimizga berilayotgan imtiyozlar haqida alohida to’xtalib o’tishimiz maqsadga muvofiq. Xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risi”dagi 2020-yil 13-oktyabrda qabul qilingan PQ-4862-sonli qarorining 1-bandida Aholini ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qa’llab quvvatlash belgilangan. Yurtboshimiz tomonidan imzolangan ushbu qarorning 3-bandida esa 2020-yil 15-noyabrdan boshlab yoshlar va xotin-qizlarni kasb-xunar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tartibi belgilangan unga ko’ra;
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan o’quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi yoshlar va xotin-qizlar uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qitish bo’yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so’mdan ortiq bo’lmagan miqdorda davlat tomonidan kompensatsiya to’lanishi belgilangan mazkur bandning uchinchi kichik bandiga nazar tashlaydigan bo’lsak kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qitish bo’yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularning sertifikatini olgan shaxslarga o’z biznesini tashkil etish uchun mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq mikrokredit ajratilishi belgilangan.
Qarorning 5-bandiga to’xtaladigan bo’lsak “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarga o’z biznesini tashkil etish uchun 33 million so’mgacha bo’lgan miqdordagi mikrokreditlar ta’minotsiz ajratilishi belgilangan.
O’z o’zidan savol tug’iladiki ushbu kreditni foizi qancha bo’ladi qancha muddatga beriladi degan haqli savolga javob beradigan bo’lsak ushbu kredit yoshlar va xotin-qizlar uchun yillik 10 foiz stavkada ajratilib, 3-yil imtiyozli davr bilan 7-yilgacha muddatga beriladigan imtiyozli kredit hisoblanadi bu ham yoshlarimizga hamda xotin-qizlarimizga berilayotgan imtiyozlardan biridir. Biz ushbu maqolamiz orqali nima demoqchimiz yurtimizda yoshlar va xotin-qizlarga berilayotgan shu kabi imkoniyatlardan unumli foydalangan holda hayotda o’z o’rnini topishlariga tilakdoshmiz.
Ohangaron shahar Adliya bo’limi
YXKM bosh yuristkonsulti
B.B.O’smonov