Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Fuqarolardan uy-joy soligʻini uch karra undirish toʻxtatiladi


               Fuqarolardan uy-joy soligʻini uch karra undirish toʻxtatiladi

Hozirda qonunchilikka muvofiq yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida undirish belgilangan.

Aholiga qulaylik yaratish va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” Qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga quyildi.

Unga koʻra, 2020-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-iyungacha boʻlgan davrda jismoniy shaxslardan, yaʼni yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan soliq stavkalarining uch baravari miqdoridagi soliqlarni (Soliq kodeksining 437-moddasi toʻqqizinchi qismi) undirmaslik nazarda tutilmoqda.

Qayd etish kerakki, 2020-yil 1-yanvardan bugungi kunga qadar fuqarolar tomonidan soliq stavkalarining uch baravari miqdoridagi soliqlarni toʻlab kelayotgan boʻlsalar, keyinchalik toʻlangan soliq summalari Soliq kodeksiga muvofiq qayta hisob-kitob qilinishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoki mavjud hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan soliq undiruvi endilikda Soliq kodeksining 437-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy tartibda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

 

Ohangaron shahar adliya boʻlimi

boshligʻi                                                                                                R.Xamrayev