Янгиликлар
Xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan toʻlash tartibi belgilandi.
Xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan toʻlash tartibi belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
20-sentyabrdagi 515-son qarori bilan “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida” Nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash tartibi belgilandi.
Nafaqa Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan farzand tugʻilgunigacha minimal isteʼmol xarajatlarining 4 baravari,
(1 mln 992 ming soʻm) miqdorda beriladi.
Shunga koʻra, yuridik shaxslarning nafaqa toʻlash majburiyati Jamgʻarma hisobidan toʻlangan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida maʼlumotlar masʼul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va maʼlumotlar “Yagona reestr” tizimiga yuboriladi.
“Yagona reestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.
Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. Plastik karta boʻlmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd koʻrinishda beriladi.
Ohangaron shahar adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuristkonsulti B.Hamroyev