Янгиликлар
O‘zbekistonda murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqning amaliy ijrosi.
O‘zbekistonda murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqning amaliy ijrosi.
35-modda. Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga yega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasida har bir shaxsning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqi konstitutsiyaviy norma asosida shakllandi. Konstitutsiyada shaxslarning ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish turlari mustahkamlab qo‘yildi. O‘z navbatida, har bir shaxs ushbu konstitutsiyaviy huquqini bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda amalga oshirishlari mumkin. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
Shuningdek, aholining davlat organlari munosabatga kirishlarining huquqiy tartibi ushbu qonun bilan tartibga solingan bo‘lib, ko‘zda tutilgan qoidalar barcha davlat organlari, davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun birdek amal qiladi.
Ushbu Qonun davlat organlari va davlat muassasalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Qonunga muvofiq, bugungi kunda shaxslarning murojaatlari qonuniylik, o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish, murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, yerkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya yetilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda byurokratizm va sansalarlikka yo‘l qo‘yilmasligi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslari faoliyatining shaffofligi tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.
Qonunchilikda har bir shaxsning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqini amalga oshirish boshqa shaxslar va jamiyat va davlatning manfaatlari ham hisobga olingan bo‘lib, javobgarlik masalalari ham mustahkamlab qo‘yilgan.
Mamlakatimizda “murojaat”ning og‘zaki, yozma yoki yelektron shakllari bo‘lib, buni amalga oshirish uchun huquqiy asoslar bilan birgalikda, zarur shart-sharoitlar, jihoz va texnologiyalar mavjud. Murojaatlar ariza, taklif yoki shikoyat tarzida beriladi.
ariza - huquqlarni, yerkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon yetilgan murojaat;
taklif - davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;
shikoyat - buzilgan huquqlarni, yerkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon yetilgan murojaat.
Murojaatlarning shakli, turidan qat'i nazar huquqiy jihatdan teng hisoblanadi. Kelib tushgan murojaatlar tegishli davlat organi tomonidan yoki murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ma'sul shaxs tomonidan ko‘rib chiqiladi. Davlat organlari va tashkilotlarning vakolatli shaxslari tomonidan joylarda sayyor qabullar tashkil yetilishi ham mumkin.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish va ijobiy hal yetish qonunchilikda belgilangan tegishli huquqiy asoslar, tartib va muddatlarda amalga oshiriladi. Jumladan, ariza yoki shikoyat 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish, yoki qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab yetilgan hollarda bir oygacha muddatda ko‘rib chiqilishi mumkin. Qonunchilikka muvofiq, muddat tegishli davlat organining rahbari tomonidan ko‘pi bilan bir oy muddatga uzaytirilishi nazarda tutilgan. Taklif bir oygacha bo‘lgan muddatda o‘rganilib, ko‘rib chiqiladi.
Xulosa o‘rnida qayd yetish kerakki, murojaat qilishga oid mazkur konstitutsiyaviy huquqdan har bir shaxsning teng foydalanish imkoniyati to‘liq yo‘lga
qo‘yildi. Bugungi kunga kelib, “Xalq davlat organlariga yemas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil davlat va jamiyat hayotiga tatbiq yetildi. Murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy o‘zbek modelini yaratishga yerishildi. Respublikamizning barcha hududida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha teng imkoniyatlar, ochiq va shaffof mexanizm ishlamoqda. Amalga oshirilayotgan mazkur ishlarni kuchli fuqarolik jamiyatiga yerishish yo‘lidagi ulkan qadam sifatida tushunishimiz lozim. Zero, insonlarni murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquq bilan ta'minlash demokratik jamiyatda oliy qadriyat sifatida ye'tirof yetiladi.
Abdulaziz KAZIMBAYEV
Quyichirchiq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi.