Янгиликлар
Korrupsiya - milliy xavfsizlikka tahdid
Korrupsiya - milliy xavfsizlikka tahdid
Jamiyat rivojiga , mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug‘diradigan asosiy illat bu korrrupsiyadir. Shu sababli yurtimizda korrrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni ildizi bilan yo‘q qilish bu boradagi huquqiy asosslarni yanada mustahkamlashga jiddiy e'tibor qaratilmoqda Yurtimizda korrrupsiyaga qarshi kurash -mamlakatimizda jadal suratlarda olib borilayotgan bugungi islohotlar sharoitida har bir insonning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta'minlashning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Ushbu illatga qarshi samarali kurashning uning davlatxo‘jalik boshqaruvi organlariga normal faoiyat yuritishiga salbiy ta'siri davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida demokratik o‘zgartirishlarmni amalga oshirish Davlat xavfsizligi va barqarorligini saqlashni ta'minlovchi xalqaro huiquqiy hujjatlarga hamda konstitutsiyamizga asoslangan normativ huquqiy baza yaratilgan. Mamlakatimizda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarliklar holatlariga qaqarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo muqarrar ekanligi to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta'minlash bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rilmoqda.
Korrupsiyasiz jamiyat qurishda faol ishtirok etish harbirimizning asosiy maqsadimiz bo‘lishi lozim. Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiymadaniyatini yuksaltirish, huquqiy ta'lim va tarbiyani kuchaytirish, jamiyatda Prezidentimiz aytgandek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari ystuvor vazifalar sirasiga kiradi.
Qolaversa pora berishning ham jinoyat ekanligini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish ham maqsadga muvofiq. Chuki ayrimlarning odatiga aylanib qolgan pora berish illati hali hamon jamiyatning har mbir sohasida uchrab turibdi. Baholanki, pora olish ham pora berish va unga vositachilik ham bir xil jinoyatdir. Agar biz pora beruvchilarning yo‘lini to‘ssak, o‘zo‘zidan poraxo‘rlik barham topadi.
Bir so‘z bilan aytganda, korrupsiya jamiyatda nosog‘lom muhitni, salbiy illatlarni yuzaga krltiradi. Ijtimoiy adolatga rahna solib, fuqarolarda davlat organlariga ishonchsizlik kayfiyatining kuchayishiga olib keladi. Shunday ekan jamiyatimizdagi ijtimoiyma'naviy muhitga salbiy ta'sir qiladigan, taraqqiyotimizga to‘siqbo‘ladigan milliy xavsizligimizga tahdid sanaladigan korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatda qonun ustuvorliginita'miminlashga barchamiz birdek ma'sulmiz.
Jo’shqin BADALOV,
Qyui Chirchiq tuman adliya bo‘limi boshlig’i