Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Iste'molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish hollari.


Iste'molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish hollari.

 

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi 484-son qarori “Iste'molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomga asosan iste'molchilar quyidagi hollarda elektr va gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilishi mumkin:

– shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, shu jumladan hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda;

– Byuro talabnomalari ijro etilmaganda, shu jumladan uning vakillariga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini hisobga olish priborlariga ko‘rsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganda;

– elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish yoki elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda;

– elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda.

Boshqa holatlarda iste'molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish mumkin emas.

 

 

A.Kazimbaev

Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi