Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish tartibi


Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish tartibi

Kam ta'minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 22-bandiga asosan pensiyalar va nafaqalar bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga oila tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi.

Biroq, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam, kompensatsiya, nogironligi bo‘yicha nafaqa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi, bolalikdan nogiron bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar va 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali beriladigan bola tug‘ilganligi hamda dafn etish marosimi uchun bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa, ta'lim muassasalari tomonidan to‘lanadigan stipendiyalar, mehnat organlari tomonidan ishsiz fuqarolarga tayinlanadigan va to‘lanadigan moddiy yordam, mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida to‘langan stipendiya bundan mustasno ya'ni bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda ushbu daromadlar oilaning jami daromadiga kiritilmaydi

 

Z.R.Jumonov.

Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi Bosh maslahatchisi