Янгиликлар
Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa (suyunchi puli)
Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa (suyunchi puli)
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002 yil 1 apreldagi 21-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra bola tug‘ilganligi uchun to‘lanadigan nafaqa:
– ishlayotgan ayollarga – ish joyidan;
– ta'lim olayotgan ayollarga – o‘qish joyidan;
– o‘qimaydigan va ishlamaydigan ayollarga – eri ishlaydigan yoki o‘qiydigan joyidan;
– o‘qimaydigan va ishlamaydigan ota-onalarga – Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi.
Mazkur nafaqani olish uchun FHDYo bo‘limi tomonidan berilgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi
ma'lumotnomasini topshirishi lozim. Mazkur ma'lumotnoma FHDYo bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan birga taqdim etiladi. Nafaqa olinishi uchun ma'lumotnoma nafaqani to‘lovchi organga 6 oy ichida topshirilishi kerak. Ushbu muddat o‘tgandan keyin nafaqa to‘lanmaydi.
Bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa (suyunchi puli) BHMning 2 baravari miqdorida to‘lanadi.
Agar ma'lumotnoma yo‘qotib qo‘yilsa, ish, o‘qish joyidan nafaqa olinmaganligi to‘g‘risidagi
ma'lumotnomaga asosan FHDYo bo‘limidan takroran ma'lumotnoma olish lozim bo‘ladi.
Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi.
Quyi Chirchiq tuman adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi
Z.Jumonov