Янгиликлар
Mehnat kodeksining 286-moddasiga ko’ra,
Mehnat kodeksining 286-moddasiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi homiladorlik va tug‘ish ta’tilining butun davrida to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanadi. Ya’ni qonun talabiga ko’ra “dekret puli” xodimga ishlagan davridan qat’i nazar 100 foiz to‘lanishi kerak.
Biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son Qaroriga ko’ra, ishlayotganiga 12 oy bo‘lmagan xodimlarga “dekret puli” 75 foiz to‘lanishi belgilangan https://lex.uz/docs/-3085627. Yaxshi bilamizki, Mehnat kodeksi Prezident qaroridan ustun tursada, amaliyotda ishlayotganiga 12 oy bo‘lmagan xodimlarga “dekret puli” 75 foiz to’lab kelinmoqda. Bu qonunbuzilish haqida avval ham gapirgan edik https://kun.uz/uz/26748689
Yangi Mehnat kodeksida esa shu joyini Prezident qaroriga “moslashtirib ketishdi”. Yangi Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko’ra, ayolga tug‘ruqqacha 70 kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Ana endi 30-apreldan 75 to’lanishi qonuniy hisoblanadi. Yana bir bor ta’kidlashdan charchamaymiz, 30-aprelga qadar ishlayotganiga 12 oy bo‘lmagan xodimlarga “dekret puli” 75 foiz to’lanishi g’ayriqonuniy hisoblanadi.
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi
Jahongir Zokirov