Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

O`qish davrida o’rtacha oyligim saqlanadimi?


O`qish davrida o’rtacha oyligim saqlanadimi?

 

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 3-ilova “Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida” Nizomning 8-bandiga ko’ra, qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishning davomiyligi 6️ oyni tashkil etadi.

Ish beruvchining roziligiga ko‘ra, qayta tayyorlash kurslarida ishdan ajralgan holda o‘qish davomida Markaz tinglovchilarining asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Shu o’rinda ko’pchilikda, Mehnat kodeksi 248-moddasichi degan savol tug’ilgan bo’lsa kerak. Chunki ushbu moddaga ko’ra, ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. Bu moddada gap ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borayotgan xodimlarga nisbatan tatbiq qilinadi. Yuqoridagi 453-son qarorda esa Markazda ta’lim ishdan ajralgan holda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, MK 248-259-moddasidagi kafolatlar ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlarni nazarda tutadi. Shuning uchun ham ushbu imtiyozlarni Markaz tinglovchilariga tatbiq qila olmaymiz.

Lekin hurmatli ish beruvchilardan MK 177-moddasiga ko’ra, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashlarini so’rab qolamiz. Bundan tashqari MK 4-moddasi 2-qismiga ko'ra, qonun hujjatlaridagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkinligini eslatib o'tamiz.

 

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi

Jahongir Zokirov