Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Pensiyaga oz qolgan, biroq qisqarish yoki tugatish sababli ishdan boʻshaydigan xodimlar imtiyozli pensiyaga chiqishlari mumkin.


Pensiyaga oz qolgan, biroq qisqarish yoki tugatish sababli ishdan boʻshaydigan xodimlar imtiyozli pensiyaga chiqishlari mumkin.

 

Ha, ayni paytda bu mavzu ham juda-juda dolzarb. Bizga kelayotgan savollardan ham koʻrinib turibdi bu.

Doʻstlar, bilib qoʻygan yaxshi: “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunning 14-moddasida va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 588-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomada bu masalaga juda aniq yechim berilgan.

Qonunning 14-moddasida va 588-sonli Yoʻriqnomaning 2 va 3-bandlariga koʻra texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan boʻshatilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar:

➖ erkaklar — 58 yoshga toʻlganda (aslida 60 yosh, demak ikki yil avval) va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;

➖ ayollar — 53 yoshga toʻlganda (aslida 55 yosh, demak ikki yil avval) va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.

Demak, yuqoridagi alohida asoslar (MK 100-modda ikkinchi qism 1-bandi, yangi MK 161-modda ikkinchi qism 1 va 2-bandlari)ga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilinganda muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun xodimning yoshi va umumiy staji yuqoridagi talablarga toʻgʻri kelishi kerak.

Xoʻsh, bunday pensiya tayinlanishi uchun nimalar qilish kerak?

1. Avvalo, ishdan boʻshatilgan xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng 30 kalendar kuni ichida yashash joyidagi Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (yaʼni, Markaz)ga ish qidiruvchi shaxs sifatida murojaat qilsa, Markaz xodimlari bunday shaxsga 3 oy muddat ichida, agarda ular 30 kalendar kundan keyin murojaat qilsalar 10 kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.

2. Agar ish qidiruvchi shaxsga Markaz tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar ichida 2-marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda xodim Markazda ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb eʼtirof etiladilar.

3. Markaz ishsiz deb eʼtirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan fuqaro boʻyicha maxsus taqdimnoma tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga topshiradi.

Markaz tomonidan berilgan maxsus taqdimnoma byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos boʻlib hisoblanadi (Yoʻriqnomaning 6-9-bandlari).

 

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi boshlig`i Oybek Buriyev