Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

DIREKTOR PSIXOLOGGA SOAT 08:00 DAN 16:00 GACHA OʻTIRASAN DEB TALAB QOʻYISHI TOʻGʻRIMI?


DIREKTOR PSIXOLOGGA SOAT 08:00 DAN 16:00 GACHA OʻTIRASAN DEB TALAB QOʻYISHI TOʻGʻRIMI?

 

Maktablarda ish vaqtiga oid qoidalar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida belgilanadi. Chunki Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.

Shuningdek, ushbu kodeks 118-moddaga koʻra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zoʻriqish, asab tangligi bilan bogʻliq, yaʼni alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Shu qoidaga koʻra psixolog 1 stavka miqdorida ishlasa unda uning ish yuklamasi haftasiga 36 soatni, kunlik 6 soatni tashkil etadi.

Endi qarang! Mehnat kodeksining 127-moddasi xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berilishi kerakligi, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmasligi belgilangan.

Ichki mehnat tartib qoidalarida odatda 1 soat ovqatlanish uchun vaqt beriladi.

Shunga koʻra maktabda ish vaqti soat 8:00da boshlansa unda 15:00da tugaydi.

 

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi boshlig`i Oybek Buriyev