Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Blokcheyinning huquqiy tabiati, uning huquqiy maqomi. Evropa Ittifoqi davlatlari qonunchiligi va milliy qonunchilikni qiyosiy tahlili.


Blokcheyinning huquqiy tabiati, uning huquqiy maqomi. Evropa Ittifoqi davlatlari qonunchiligi va milliy qonunchilikni qiyosiy tahlili.

      

 

 

Oybek Buriyev

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi boshlig`i

 

 

Jahongir Zokirov

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi

 

 

XXI asr bu zamonaviy texnika, texnologiyalar hamdan internet asridir. XX asra o‘rtalarida ixtiro qilingan ko‘pgina kashfiyotlar keyingi asrda insoniyat hayotida yangidan yangi sahifalar ochishga sababchi bo‘ldi. Ushbu inavatsion o‘zgarishlar odamlar hayotini ancha yegillashtirdi, ma’lumotlarni yetkazish va ularni qabul qilib olish ancha osonlashdi. Ammo bu o‘z navbatida1ma’lumotlar olish,1axborot almashish1hamda1mulkka bo‘lgan1huquqlarning1ruxsatsiz1foydalanishning1oshib borishiga olib kelmoqda. Bu esa ularni saqlashda, uzatishda xavfsizroq bo‘lgan tizimga bo‘lgan talabni vujudga keldirdi. Blokcheyin esa buning eng maqbul yechimi sifatida qaraladigan yo‘lardan biridir.

    Bugungi kunda Blokcheyn texnologiyasi raqamli sanoatning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2027-yilda jahon yalpi ichki mahsulotining 10 foizi blokcheynda (Jahon banki ma’lumotlari) saqlanadi, degan prognoz mavjud. Blokcheyn texnologiyasining tarqalishi juda jadal suratlar bilan kechmoqda "Grand View Research" va "Transparency Market Research" kompaniyalari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, agar 2015 yilda global blokcheyn bozori 509 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib u 20 milliard dollargacha o‘sishi kutilmoqda. 2021-yil o‘rtalarida, blokcheyn tizimidan 75.6 milliondan ortiq foydalanuvchi butun1dunyo bo‘ylab ro‘yxatdan o‘tgan[1]ligi bu tizimning naqadar ommalashib borayotganligini ko‘rsatadi.

       Blokcheyning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda o‘rnini to‘laqonli tushunib yetish uchun, avvalo, uning tushunchasi va kelib chiqish tarixi bilish maqsadga muofiq hisoblanadi.

      Kriptograf Devid Chaum birinchi marta 1982-yilda o‘zining "O‘zaro shubhali guruhlar tomonidan yaratilgan, qo‘llab-quvvatlanadigan va ishonchli kompyuter tizimlari" dissertatsiyasida blokcheynga o‘xshash protokolni taklif qildi[2].

      Kriptografik himoyalangan bloklar zanjiri bo‘yicha keyingi ishlar 1991-yilda Styuart Xaber va V. Skott Stornetta tomonidan tasvirlangan. Birinchi markazlashtirilmagan blokcheyn kontseptsiyasi 2008-yilda Satoshi Nakamoto (uning shaxs yoki gruh yoki qandaydir tizim ekanligi haqida aniq ma’mumotlar mavjud emas) tomonidan yaratilingan.

      Blokcheyn so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib,1“bloklar zanjiri”1ma’nosini anglatadi. Adabiyotlarda bu termin haqida turlicha ta’riflar keltirilgan. Masalan, “Blokcheyn – bu markazlashtirilmagan1ma’lumotlar1bazasi bo‘lib,1u1o‘zida ro‘yxatdan1o‘tgan barcha1ishtirokchilarning ma’lumotlarini alohida1“zanjir” shaklida1saqlash imkonini1beradi”[3]. Ingliz bankirlarinining fikricha, “blokcheyn – bu bir-birini tanimaydigan insonlar o‘rtasida1ishonchli1tarzda1va1birgalikda foydalanish imkonini yaratadigan texnologiya demakdir”[4]. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lasak, blokcheyn – ma’lum bir tartibdagi qoidalar asosida tuzilgan bloklarning doimiy1ketma-ket1zanjiridir. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bu kompyuter tarmog‘lari o‘rtasida taqsimlangan ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasi sifatida blokcheyn ma’lumotlarni elektron shaklda raqamli formatda saqlaydi. Blokcheynlar kriptovalyuta tizimlarida, masalan, Bitkoin kabi tranzaktsiyalarning xavfsiz va markazlashmagan hoda tranzaksiylarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Blokcheyn mustaqil foydalanuvchilar tomonidan ishlatilinadi hamda zanjir ko‘rinishidan bloklar bilan bog‘landi. Buning boshqa texnalogiyalardan farqi hech qachon yo‘q bo‘lib ketmaydi hamda doimo saqlandi. Masalan, oddiy, bank to‘lovlarini o‘tkazishda muayyan bir tranzaksiyani amalga oshiruvchi tizim ishlamay qolgan taqdirda undan foydalanib bo‘lmaydi, blokcheynda esa bir kompyuterning ishlamasligi boshqa foydanuvchilarning undan foydalanishga to‘sqinlik qilmaydi. Sababi blokcheyn zanjiri1uzilmasdir, har bir1blok1oldingi blokka1havola1qiladi. Bloklarni1o‘zgartirib1yoki1o‘chirib1bo‘lmaydi, faqat unga yangi1bloklarni1qo‘shish mumkin. Shulardan kelib chiiqan holda blokcheynlarni bir nechta xususiyatlar bilan harakterlasa bo‘ladi.       

      Bular:

      Markazlashmaganlik. An’anaviy markazlashtirilgan tizimlarda, har bir o‘tkaziladigan tranzaksiya markaz orqali (masalan, markaziy bank) tasdiqlanishi kerak, bu esa doimiy xarajat va markaziy serverlarning ishlashigi qiyinchiliklar olib keladi. Markazlashtirilgan rejimdan farqli o‘laroq uchinchi tomon blokcheynda ishtirok etmaydi. Blokcheyndagi muayyan algaritimlar tarmoqdagi ma’lumotlar mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiladi. Misol uchun, banklardan faqatgina bank xodimlari foydalana olishadi va o‘tkazmalar ular orqali o‘tadi, blokcheydan esa istalgan kompyuterdan istalgan joydan istalgan odam foydalanish mumkin bo‘ladi.

      O‘zgarmaslik.Tranzaksiyalar tezda tasdiqlanadi va haqiqiy bo‘lmagan o‘tkazmalar ishonchli maynerlar tomonidan qabul qilinmaydi. Blokcheynga kirgan tranzaksiyalarni o‘chirish hamda orqaga qaytarish imkonsiz. Shuningdek, yaroqsiz tarnzaksiyalar mavjud bo‘lganda ham uni darhol aniqlash imkoni mavjud.

     Anonimlik. Har bir foydalanuvchi yaratilingan adrees bo‘yicha blokcheyn bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi va foydalanuvchilarning haqiqiy shaxsi oshkor qilinmaydi.

     Blokcheydan foydalanayotganlikni barcha ishtirokchilar ko‘rib bilib boradi va u yerda ichonchlilikni ta’minlaydi. Soddaroq qilib tushintiradigan bo‘lasak, masalan bir xonada 10 ta odam bor va ularning har bir A ismli shaxsda 5 ta bitkoin (kriptavalyuta) bor deb o‘ziga yozib olgan, agar A ismli shaxs 5 ta bitkoinni B ga bersa, xona ichidagi 10 odam o‘ziga A ismli shaxs B ismli shaxsga 5 ta bitkoin berdi deb yozib qo‘yadi. Keyinroq A B dan shu bitkoinlarni qarzga so‘rasa, va B unda bitkoinlar yo‘qligini aytsa, xonadagi barcha B ning yolg‘on gapirayotganini aytadi va aldagani yo‘l qo‘ymaydi. Bundan kelib chiqadiki blokcheyndan shaxslarning har bir harakatini qolgan foydalnuvchilar qo‘llab turadi va bir vaqtning o‘zida kuzatib turadi. Blokcheynlardan hozirda ko‘pchilik asosan kriptavalyuta alyanmasi uchun foydalanmoqda.

      Aslida ulardan nafaqat moliyaviy sohalarda, boshqa ko‘plab sohalarda ham foydalansa bo‘ladi. Xususan, Xitoyning SF Express kurerlik kompaniyasi COVID-19 pandemiyasi davrida dori vositalari yetkazib berilishini kuzatish va nazorat qilish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalangan[5]. Ularning yechimi logistika jarayonidagi har bir tranzaksiyani kuzatish, tekshirish va qayd etish, shuningdek, har bir buyurtmaning ustuvorlik darajasini aniqlash imkonini bergan. Blokcheyn texnologiyasi va Big Datani birlashtirib, kompaniya tovarlarni yetkazib berishga ustuvor ahamiyat beradigan, shuningdek, firibgarlik yoki noqonuniy mahsulotlarning yetkazib berish zanjiriga kirish xavfini minimallashtirishi mumkin bo‘lgan logistika tarmog‘ini yaratadi. Huquq sohasida ham bu texnologiyani qo‘llasa bo‘ladi. Deylik, blokcheyn foydalanuvchisiga huquqiy maslahatlar kerak bo‘ladigan bo‘lsa,u bevosita tizim orqali o‘zining masalasiga mos keladigan advakatni topishi mumkin bo‘ladi. Bunda shunday bir jihat borki, xizmatdan foydalanuvchi ham xizmat ko‘rsatuvchi ham bir birining shaxsiyati haqidagi ma’lumotlarni bilmaydi. Bu esa ba’zi bir nozki masalalardagi huquqiy savollarning egasi anomim qolgan holda yechim topishiga olib keladi. Shunigdek, tergov jarayonlarida ham tergov materiallarini xavfsizligini va tezda bir joydan ikkinchi bir joyga yetib borishi nuqtayi nazaridan foydlansa bo‘ladi. Tibbiyot faoliyatida ham bu texnologiyani qo‘llash natijasida ko‘plab yutuqlarga erishsa, bo‘ladi. Sababi yurtimizda tibbiy hujjatlarning asosiy qismi qog‘ozda tuziladi. Bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona milliy reestri mavjud emas, ularning nafaqat davlat, balki xususiy tibbiy tashkilotlarga borganligi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar ochiqlikda mavjud. Bemorning kasallik tarixi ham asosan qo‘lda tuziladi va undan olingan ma’lumotlar osongina ommaga e'lon qilinishi mumkin, bu esa tibbiy maxfiylikni saqlash zarurligiga salbiy ta’sir qiladi. Blokcheyndan foydalangan holda tizim yo‘lha qo‘ysa, maxfiylik yuqori darajada ta’minlangan bo‘ladi.

       Hozirda ba’zi holatlarda blocheynlardan g‘arazli maqsadlarda ham foydalanish kuzatilmoqda. Masalan, kriptavalyutalar uchun foydalaniladigan blokcheynlar davlat nazorat qilolmasligi uchun asosan darknetda ishlatilinadi. Darknet esa noqonuniy bozor uchun asosiy vositdir. Blokcheynda shaxslarning kimligini noma’lum bo‘lganligi uchun narkotik moddalar va odam savosi bu tizimda kriptavalyutalar(bitkoinlar) orqali amalga oshiriladi. Bu jinoyatni amalga oshiradigan shaxslar esa anonim bo‘lganligi uchun ularni aniqlash deyarli imkonsiz.

     Blokcheynlar doimo ishlab turish uchun mayning qilib turilishi lozim. Buning uchun maynerlar ya’ni blokcheyn tizimini ishlatadigan kompyuterlar (bu kompyuterlar biz bilgandek oddiy ekralli kompyterlar emas) doimiy ravishda ish faoliyatida bo‘ladi. Blokcheynda maynerlarning vazifasi quyidagilarda namoyon bo‘ldi:

·        Blokcheyn1nusxalarini1saqlaydi, shu bilan bir1qatorda1ma’lumotlarni yo‘qolishidan1yoki1qalbakilashtirilishidan1himoya qiladi;

·        Tranzaksiyalarni1tasdiqlaydi;

·        Boshqa1maynerlar1tomonidan1kiritilgan1tranzaksiyalarni1tekshiradi.

      Hozirda juda ko‘plab insonlar mayning qilish bilan shugillanishmoqda. Mayning kompyuterlari qimmat bo‘lsa, shuningdek u ko‘p tok iste’mol qilsa, unda u odamlarga nima uchun kerak? Sababi shundagi har bir mayning harakati uchun blokcheyn tomonidan uni yaratayotgan odamga bitkoin (kriptovalyuta turi) taqdim etiladi. Bugungi kunda bir bitkoin 16950$ tashkil etadi[6]. Bu qiymat o‘zbek sumiga nisbatan 180 000 mlnlar atrofida bo‘ladi. Lekin bu jaroyon O‘zbekiston noqununiy jarayon hisoblanib, mayning faoliytini yo‘lga qoygan shaxs jinoytaga tortilishi mumkin.

      O‘zbekistonda hozirda blokcheyn tizimi mavjud bo‘lmasada, yaqin kelajakda ya’ni 2030-yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ushbu tizimlarni joriy etish nazarda tutilgan. Prizedentimizning PF-6079 sonli “RAQAMLI O‘ZBEKISTON — 2030” farmonda kelgusida amalga oshirish nazarda tutilgan bir qator IT sohasida o‘zgarishlar keltirib o‘tilgan. Aynan blokcheyn sohasida quyidagi ishlar amalga oshirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan:

       IT-park asosida ilg‘or texnologiyalardan (Big Data, IoT, AI blokcheyn va boshqalar) foydalangan holda ustuvor tarmoqlar uchun “aqlli yechimlar” ni ishlab chiqishni rag‘batlantirish.

          Shuningdek, kripto aylanmalar haqida Prezidentning 2018-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra kripto mablag‘lar faqatgina kripto birjalar orqali amalga oshirish belgilab berildi. Aynan kripro valyutlar to‘g‘risidagi eng so‘ngi qabul qilingan huquqiy hujjat 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi  “Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalari” belgilandi. Unga ko‘ra kripta savdolar kripto-birjaning elektron platformasi orqali amalga oshirish belgilab qo‘yilgan. Bunda ko‘rinadiki, bizda asosan kriptovalyuta sohasidagi yo‘nalishlarni tartibga solishga keng darajada e’tibor qilinmoqda.

      Yevropa mamlakatlari bizdan farqli ravishda blocheyn texnalogiyalari borasida ancha ildamlab ketishga ulgurgan. 2018-yilda 29 ta davlat (Yevropa Ittifoqiga aʼzo barcha davlatlar, Norvegiya va Lixtenshteyn) va Yevropa Ittifoqi Komissiyasi “Yevropa blokcheyn hamkorligi”ni (EBP) yaratish uchun o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga. Aynan shuning asosida “Yevropa blokcheyn xizmatlari infratuzilmasi” (EBSI) yartilingan[7]. YBH ning asosiy maqsadlaridan biri blokcheynga asoslangan xizmatlarning o‘zaro ishlashi va keng tarqalishini qo‘llab-quvvatlash, Yevropa Ittifoqi qonunlariga to‘liq mos keladigan tartibga soluvchi muhitni va blokcheynning butun Yevropada o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradigan aniq boshqaruv tuzilmalari va modellarini taklif etishdir.

        Yevropaliklar blokcheynni kelajakda barcha davlat xizmatlar bu texnologiyadan foydalanishi uchun say-harakatlar olib borishmoqda. Ular blokcheynga Yevropa va aʼzo davlatlar uchun oʻz axborot tizimlarini qayta koʻrib chiqish, foydalanuvchilarning ishonchini va shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilishni ragʻbatlantirish, yangi biznes imkoniyatlarini yaratish, fuqarolar, davlat xizmatlari va kompaniyalarga foyda keltirish uchun ajoyib imkoniyat sifatida qarashadi.

      Xulosa qilib aytadigan bo‘lasak, blokcheyn - istiqbolli texnologiya. Ushbu texnologiyadan foydalanish ko‘plab sohalarda boshqaruv sifatini oshirishi mumkin. Blockcheynning ijtimoiy sohada qo‘llash imkoniyatlarini tahlil qilish ushbu texnologiya ko‘plab jarayonlarni arzonroq, tezroq va shaffofroq qilishini ko‘rsatdi. Shuning uchun olimlar Blockcheyn texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni tezlashtirishni tavsiya qiladilar. Agarda davlat ham o‘zining budjet harajatlarini blokcheyn texnalogiyasi orqali amalga oshirganda edi, budjetning qayerga yo‘naltirilganligi hamma tomonidan oshkora ko‘rib turilgan, balki korrupsiya kamaygan bo‘lardi. Shularni inobatga olgan holda Yevropa tajribasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston uchun blokcheyn ishlatilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash va uni amaliyotga joriy qilish mamalakatimiz uchun iqtisodiy rivojlanishni ta’minlas,a shaxslar uchun esa ma’lumotlarning sir saqalasnishini koefsentini oshirgan bo‘lardi.

             

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foydalanilagan adabiyotlar:

1.     https://currency.com/ru/chto-takoe-blockchaintehnologiya?utm_medium=cpc&utm_source=googledisplay_desktop&utm_campaign=CIS_PFM_ETH_FTD_TopCity&utm_term=&gclid=Cj0KCQjw_4-SBhCgARIsAAlegrWDMm7gzc-lpA-isFr3MU4CXFp8SScYWT_cFKVJBZNkZWNBhjajOckaAknAEALw_wcB  

2.     Sherman, Alan T.; Javani, Farid; Zhang, Haibin; Golaszewski, Enis (January 2019). "On the Origins and Variations of Blockchain Technologies.

3.     https://trends.rbc.ru/trends/industry/5f05c0a79a7947aac5c7577a

4.     https://www2.deloitte.com/content/dam/Deloitte/xe/Documents/technology/Blockchain.pdf

5.     https://digiforest.io/blog/20-blockchain-project-examples-part-1#rec213476989

6.     https://www.xe.com/currencyconverter/convert/?Amount=1&From=BTC&To=USD

7.     https://ec.europa.eu/digital-building-blocks/wikis/display/EBSI/Home#:~:text=The%20European%20Blockchain%20Services%20Infrastructure%20(EBSI)%20is%20a%20network%20of,of%20European%20values%20and%20regulations.




[1] https://currency.com/ru/chto-takoe-blockchaintehnologiya?utm_medium=cpc&utm_source=googledisplay_desktop&utm_campaign=CIS_PFM_ETH_FTD_TopCity&utm_term=&gclid=Cj0KCQjw_4-SBhCgARIsAAlegrWDMm7gzc-lpA-isFr3MU4CXFp8SScYWT_cFKVJBZNkZWNBhjajOckaAknAEALw_wcB


[2] Sherman, Alan T.; Javani, Farid; Zhang, Haibin; Golaszewski, Enis (January 2019). "On the Origins and Variations of Blockchain Technologies.


[3] https://trends.rbc.ru/trends/industry/5f05c0a79a7947aac5c7577a


[4] https://www2.deloitte.com/content/dam/Deloitte/xe/Documents/technology/Blockchain.pdf   


[5] https://digiforest.io/blog/20-blockchain-project-examples-part-1#rec213476989


[6] https://www.xe.com/currencyconverter/convert/?Amount=1&From=BTC&To=USD


[7] https://ec.europa.eu/digital-building-blocks/wikis/display/EBSI/Home#:~:text=The%20European%20Blockchain%20Services%20Infrastructure%20(EBSI)%20is%20a%20network%20of,of%20European%20values%20and%20regulations.