Янгиликлар
Korrupsiya – jaholatga yoʻl
Korrupsiya – jaholatga yoʻl
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Maʻlumki, bu illatning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yoʻllarini topish boʻyicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar oʻtkazilgan. Oʻziga xos reytinglar tuzilib, har xil koʻrsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil koʻrinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qoʻl keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yoʻq. Shunday ekan, har bir millat mazkur illatga qarshi kurashish strategiyasini oʻzi belgilaydi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, taʻlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy taʻlim va tarbiya masalalari bugunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak boʻlgan va huquqiy taʻlim va tarbiya jihatdan yetuk boʻlgan insonlar salbiy illat boʻlmish korrupsiyaga yoʻl qoʻymaydilar.
Javlonbek Turaev