Янгиликлар
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 300 mln AQSH dollari ajratiladi
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 300 mln AQSH dollari ajratiladi
“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–18 son, 25.01.2023-y.) qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2023-yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun “Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq bankiga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 300 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratiladi.
Sh.Qo`ziyev
O`rta Chirchiq tuman
adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi