Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Davlat bayrogʻi, gerbi yoxud madhiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish


Davlat bayrogʻi, gerbi yoxud madhiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Qonunchilikka koʻra, davlat ramzlari tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻtkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Davlat bayrogʻi, gerbi yoxud madhiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish:

fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (900 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga 3 baravaridan 7 baravarigacha (900 ming soʻmdan 2,1 mln soʻmgacha) miqdorda;

Takroran sodir etiladigan boʻlsa:

fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha), mansabdor shaxslarga 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln soʻmdan 3 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Shuningdek, Davlat bayrogʻi, gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik qilish:

BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln soʻmgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O.Nishonov

O`rta Chirchiq tuman

adliya bo`limi boshlig`i