Янгиликлар
Tekshirishlarni roʻyxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi
Tekshirishlarni roʻyxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–815-son, 20.01.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Shunga koʻra, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi Qonunga tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil vazifalariga quyidagilar qoʻshildi:
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining hisobini elektron yuritish;
majburiy talablar elektron reestrini yuritish.
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari quyidagilarni qoʻshimcha ravishda amalga oshiradi:
malaka imtihonini oʻtkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va tugatish tartibini, auditorlar malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni tasdiqlaydi;
malaka imtihonini oʻtkazadi;
auditorning malaka sertifikatini beradi.
Sh.Qo`ziyev
O`rta Chirchiq tuman
adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi