Янгиликлар
Markaziy poliklinikalar tarkibida ftiziopulmonologiya boʻlimlari tashkil etiladi
Markaziy poliklinikalar tarkibida ftiziopulmonologiya boʻlimlari tashkil etiladi
“2023–2026-yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–12-son, 20.01.2023-y.) qabul qilindi. Mazkur qarorga koʻra:
???? tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibidagi ftiziatriya boʻlimlari va xonalari negizida ftiziopulmonologiya boʻlimlari tashkil etiladi;
???? viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlaridagi bosh pulmonolog shtatlari hududdagi ftiziatriya va pulmonologiya markazlariga oʻtkaziladi;
???? tungi uyqu sifati va nafas olish funksiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash maqsadida “Uyqu apnoe” markazlari tashkil qilinadi.
2023-yildan har yili:
latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha;
latent tuberkulyoz infeksiyasiga chalingan shaxslarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha;
tuberkulyoz mikobakteriyasini bir vaqtning oʻzida 1- va 2-qator tuberkulyozga qarshi dori vositalariga rezistentlikni aniqlaydigan tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovi 120 ming nafargacha;
tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari bilan taʼminlash 18 ming nafargacha yetkaziladi.
2023-yil 1-martgacha:
???? tuberkulyoz bilan kasallanishga moyilligi boʻlgan xavf guruhiga mansub shaxslar roʻyxati tuziladi;
???? Ftiziatriya kasalliklarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi.
“Oʻpka salomatligi” mobil brigadasi doirasida olis, chekka, ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi aholiga bepul tibbiy koʻrik doirasida skrining tadbirlari oʻtkaziladi. Shuningdek, qarorga koʻra, tanlov asosida saralab olingan 40 nafargacha ftiziatr va pulmonologlar 2023–2026-yillarda xorijiy tibbiyot markazlarida malaka oshirishga yuboriladi.
O.Nishonov
O`rta Chirchiq tuman
adliya bo`limi boshlig`i