Янгиликлар
Hokimiyat vakilining qonuniy talabini bajarmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hokimiyat vakilining qonuniy talabini bajarmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hokimiyat vakili bu - davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs.Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish ma'muriy javobgarlikka ya'ni, fuqarolarga BHMning yarim baravaridan 1 baravarigacha, mansabdor shaxslarga BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.Ushbu huquqbuzarlikni takror sodir etganlik, fuqarolarga BHMning 2 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
A.Kazimbaev
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi