Янгиликлар
Mol-mulkni hadya va vasiyat qilish tartibi va jarayoni
Mol-mulkni hadya va vasiyat qilish tartibi va jarayoni
Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e'tirof qilinadi.
Meros qoldiruvchi (mol-mulk egasi) vasiyat qilayotgan paytida har qanday mol-mulk, hatto o‘ziga tegishli bo‘lmagan mol-mulk to‘g‘risidagi farmoyishni o‘z ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli (Fuqarolik kodeksining 1120-moddasi).
Ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Shu sababli hadya shartnomasi va vasiyat turli narsalar hisoblanadi. Ko‘chmas mulk (masalan, kvartira) hadya qilinganda u shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin mulkka o‘tadi. Bunda hadya qilingandan keyin hadya qiluvchining mazkur mol-mulkka nisbatan hyech qanday daxli qolmaydi. Va agar kvartira hadya qilinsa, undan mahrum bo‘lish xavfi mavjud. Mazkur holda hadya olayotgan shaxsning halolligiga ishonch hosil qilish kerak, xolos.
Vasiyatnoma rasmiylashtirilayotganda esa mol-mulk unda ko‘rsatilgan shaxs mulkiga vasiyat qiluvchining vafoti va vorislik huquqlari rasmiylashtirilgandan keyingina o‘tadi.
Hadya oluvchi hadyadan faqat u o‘ziga topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli (FKning 503-moddasi).
Quyi Chirchiq tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i
J.I.Badalov