Янгиликлар
Oliy harbiy ta'lim muassasalarida o‘qitishga sarflangan byudjet mablag‘larini undirish tartibi tasdiqlandi.
Oliy harbiy ta'lim muassasalarida o‘qitishga sarflangan byudjet mablag‘larini undirish tartibi tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 22.07.2022 yildagi 398-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/6126745) bilan Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta'lim muassasalarida o‘qitishga sarflangan byudjet mablag‘larini undirish tartibi to‘g‘risida nizom (https://lex.uz/uz/docs/6126745#6127703) tasdiqlandi.
Mazkur Nizom harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta'lim muassasalarida o‘qitishga sarflangan byudjet mablag‘larini undirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom oliy harbiy ta'lim muassasalarida byudjet mablag‘lari hisobidan o‘qigan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng tuzilgan kontrakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida, harbiy xizmatni o‘tash nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari, harbiy okruglari (birlashmalari, boshqarmalari), qo‘shilmalari, harbiy qismlari, harbiy ta'lim muassasalari va boshqa harbiy bo‘linmalarida (keyingi o‘rinlarda — harbiy qismlar (muassasalar)) ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni utayotgan, shuningdek, harbiy xizmatda qoldirilgan holda davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu nizomga ko‘ra, Undiriladigan byudjet mablag‘larining miqdori quyidagicha:
Harbiy xizmatchini oliy harbiy ta'lim muassasasida o‘qitishga sarflangan byudjet mablag‘lari, u rezervga bo‘shatilgan vaqtdagi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida turt yillik o‘qish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;
b) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida ikki yillik O‘QISh UChUN — bazaviy hisoblash miqdorining 650 baravari;
v) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ikki yillik o‘qish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 650 baravari;
g) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida:
to‘rt yillik o‘qish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;
besh yillik o‘qish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;
d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida:
besh yillik o‘qish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;
besh yillik o‘qish (uchuvchilar tarkibini tayyorlash) uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravari;
ye) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida besh yillik uqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;
j) Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida turt yillik UKISh uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;
z) O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida:
to‘rt yillik o‘qish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;
besh yillik o‘qish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari miqdorida undirilishi belgilangan.
Jumanov Zafar
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi.