Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Pensiyaga chiqqan ayollarning mehnat qilish huquqi


Pensiyaga chiqqan ayollarning mehnat qilish huquqi

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qaroriga ko‘ra “ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi” belgilangan.

       Ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi muddatli tuzilgan bo‘lsa, u holda pensiya olayotgan davrda yoki pensiya olishni boshlaganingizdan keyin ushbu shartnoma muddatining tugashi bilan ish beruvchi tomonidan ishdan bo‘shatishga asos bo‘ladi.

Quyi Chirchiq tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i

Jo‘shqin Badalov