Янгиликлар
Eng yuksak insoniy qadriyatlar qomusi
Eng yuksak insoniy qadriyatlar qomusi
1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning, davlatimizning dunyodagi mavqyei, istiqbolini huquqiy jihatdan mustahkamlagan va kafolatlagan muhim hujjat bo‘ldi.
1990-yil 20-iyun kuni Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish jarayonida O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish taklifi ilgari surildi. Shu maqsadda Konstitutsiya komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislarni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.
Konstitutsiya – qonunlarga asos bo‘luvchi, davlatning huquqiy maqomini belgilovchi muhim hujjatligi bois uni yaratish oson kechmagan.
1992-yil 8-dekabr kuni Bosh qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan ye'tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami, deb ye'lon qilindi.
Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizimni tashkil yetdi.
Konstitutsiya yaratilishi va qabul qilingunigacha bo‘lgan barcha jarayonlarda Birinchi Prezidentimizning doimiy ye'tibori, fikr-mulohazalari, talabchanligi alohida o‘rin tutdi. Shuning uchun ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev alohida qayd yetganidek, Islom Karimovni haqli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muallifi, deb ye'tirof yetish uchun barcha asoslarga yegamiz.
Darhaqiqat, Bosh qomusimizning muhim g‘oyasi – bu hayot gultoji bo‘lgan insonni qadrlashga, uning manfaatlarini muhofazalashga qaratilgan. Bu davlatimiz siyosatida insonparvarlik prinsipi ustuvorligining yaqqol namunasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki mustaqillikkacha bo‘lgan davrda, ya'ni sobiq tuzumda davlat manfaatlari barcha narsadan ustun qo‘yilganini yodga olsak, bugungi maqsad-muddaolarimiz yezguligi, Konstitutsiyamiz yesa yeng yuksak insoniy qadriyatlar mujassamlashgan xalqchil qomus yekanligi oydinlashadi.
Asosiy qonunimizda ye'tirof yetilganidek, inson, uning hayoti, yerkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ushbu konstitutsiyaviy tamoyillar va ularning amalda ta'minlanayotgani tufayli yurtimizda har bir inson o‘zini himoyalangan his yetadi. Tinch va farovon hayot kechirmoqda. Aholining o‘z muammo va tashvishlari bilan davlat organlariga murojaat yetishi uchun imkoniyatlar Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yanada kengaydi.
Bosh qomusimizning ko‘plab boshqa mamlakatlar Konstitutsiyalaridan farqli o‘laroq o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatuvchi asosiy jihatlardan biri – bu unda saylov tizimiga bag‘ishlangan maxsus bob ajratilganidir.
Mamlakatimiz saylov qonunchiligi asosini Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt va O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan va jahonda ye'tirof yetilgan muhim demokratik prinsiplar tashkil qiladi. Aksariyat xorijlik mustaqil yekspertlar bugungi kunda O‘zbekiston saylov qonunchiligi demokratiyaga muvofiqlik darajasi bo‘yicha dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatlarining saylov to‘g‘risidagi qonunlaridan ustundir, deb ye'tirof yetmoqda.
Xulosa qilib aytganda, hayotimiz qomusida mustahkamlangan tamoyillar amalga izchil tatbiq yetilayotgani tufayli mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga yega bo‘lgan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo yetilmoqda. Davlatimiz xalq farovonligini, uning hayot sifatini va darajasini muttasil oshirib borish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin yegallash yo‘lida olamshumul yutuqlarga yerishmoqda.
Abdulaziz KAZIMBAYEV
Quyichirchiq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi.