Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, ish haqi milliy valyutada (so‘mda) to‘lanadi


Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, ish haqi milliy valyutada (so‘mda) to‘lanadi

Respublikamizda xodimlarning mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqlari Mustaqillik yillaridan buyon takomillashib, jahon starndartlariga moslashtirilmoqda shu jumladan xodimlarga to‘lanadigan ish haqi,ustamalar miqdori bir necha barobar bosqichma bosqich oshirilib kelmoqda. Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra ish haqini qarz majburiyatlari, tilxatlar, kuponlar tarzida to‘lash taqiqlanadi.Mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlanadi, bundan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno. Natura shaklida xodimlarga haq to‘lash asosan qishloq xo‘jaligi bilan band bo‘lgan xodimlar o‘rtasida ularning roziligi bilan amalga oshiriladi. Xodimga ish haqini to‘lash, qoida tariqasida, bevosita u ishni bajargan joyda amalga oshiriladi. Xodimning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta bo‘limlari orqali to‘lashga yo‘l qo‘yilib, ularning xizmatlari uchun ish beruvchining hisobidan haq to‘lanadi. Agar xodim ish haqi to‘lanadigan kuni ish beruvchining topshirig‘ini ish joyidan tashqarida (xizmat safarida, malaka oshirish kurslarida bo‘lsa va boshqalar) bajarayotgan bo‘lsa, xodimning iltimosiga ko‘ra ish beruvchi xodimga tegishli ish haqini o‘z hisobidan yuborishi yoki xodimning ishonchli shaxsiga to‘lashi shart.

Qibray tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti
Hamrayev Oybek.