Янгиликлар
Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi
Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi
Amaladagi mehnat kodeksiga ko‘ra xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi. Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan taʼmirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘l qo‘yiladi. Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi.
Qibray tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti
Hamrayev Oybek.