Янгиликлар
Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi
Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi
Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy); zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar; davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari; tegishli taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari; o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar; 18 yoshga to‘lmagan shaxslar; ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar; ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar; jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
Qibray tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti
Hamrayev Oybek.