Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari quyidagilardan iborat


Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari quyidagilardan iborat

Yangi Mehnat kodeksining 133-moddasiga ko‘ra mehnat shartlari quyidagi hollarda o‘zgartiriladi:

???? mehnat shartlarining o‘zgarishi;

???? xodimning boshqa ishga o‘tkazilishi;

???? ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi;

???? xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi;

???? mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishi.

Yangi mehnat kodeksining 135-moddasiga ko‘ra: Mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilanadi.Mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. Mehnat shartnomasida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda belgilangan mehnat shartlari mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin emas, bunda Mehnat kodeksining 136-137 moddalaridagi talablarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

Qibray tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti
Hamrayev Oybek