Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Xodimning ish stajiga qarab ishdan bo‘shatish nafaqasi tabaqalashtiriladi va bunda aynan ushbu tashkilotda ishlagan muddati inobatga olinadi


Xodimning ish stajiga qarab ishdan bo‘shatish nafaqasi tabaqalashtiriladi va bunda aynan ushbu tashkilotda ishlagan muddati inobatga olinadi

Yangi Mehnat kodeksining 173-moddasigaga ko‘ra, ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi va u quyidagi tartibda hisoblanadi:

➖ uch yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan;

➖ uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan;

➖ besh yildan o‘n yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining yuz foizidan;

➖ o‘n yildan o‘n besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;

➖ o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Ishdan bo‘shatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimning ishdan mahrum bo‘lishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bir yo‘la beriladigan pulli to‘lovdir.

Qibray tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti
Hamrayev Oybek