Янгиликлар
Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–794-son, 19.10.2022-y.)
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Endilikda ushbu qilmish BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlik kiritildi.
Ushbu huquqbuzarlik ogʻirlashtiruvchi holatlarda 15 sutka maʼmuriy qamoqqa olishga yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.
Qibray tumani Adliya boʻlimi Yuridik xizmat
koʻrsatish bosh yuristkonsulti Toʻqsonov Aziz