Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Davlat xizmatchisining sovgʻa olishini tartibga solish korrupsion xavflarni bartaraf qiladi


Davlat xizmatchisining sovgʻa olishini tartibga solish korrupsion xavflarni bartaraf qiladi

Mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmati tizimini tartibga solishga qaratilgan maxsus qonun qabul qilinishi natijasida Oʻzbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati bilan bogʻliq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga solish imkoni yaratilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda davlat fuqarolik xizmatida korrupsion xavfni minimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda, elektron ommaviy axborot vositalarida turli notoʻgʻri talqinlar paydo boʻlmoqda.

Quyida nizomdan koʻzlangan asosiy maqsad va bu yoʻnalishdagi xorij tajribasidan ayrimlariga toʻxtalib oʻtamiz.

Birinchidan, bugungi kunda nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun dunyoda davlat xizmatchilari tomonidan turli marosimlar, tadbirlar, uchrashuvlar davomida sovgʻalar berish va qabul qilish anʼanasi mavjud. Bu anʼana mehmondoʻstlik, ish yuritishda oʻzaro hurmat kabi qadriyatlar ustiga qurilgan. Nizom loyihasidan asosiy koʻzlangan maqsad esa davlat fuqarolik xizmatchilarining mana shu qadriyatlarini huquqiy tartibga solish, uning korrupsion xavfga aylanmasdan turib aniq chegaralarini belgilashdan iborat.

Umuman olganda, nizom loyihasi orqali davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek uni tasarruf etish talablari hamda aniq mezonlari belgilanadi.

Ikkinchidan, nizom loyihasida sovgʻa qabul qilishning talablari, aniq miqdori belgilangan. Unga koʻra, davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan sovgʻalar faqat xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin. Umumiy qoidaga koʻra sovgʻaning qiymati BHMning 5 baravaridan koʻp boʻlishi mumkin emas.

Ushbu normalardan anglashiladiki, davlat fuqarolik xizmatchilari fuqarolar yoki bevosita boshqa manfaatdor shaxslardan muayyan ishni hal qilib berish yoki kelgusidagi manfaatlar uchun sovgʻa olmaydi, bu qonunlar bilan taqiqlangan.

Nizom loyihasi – davlat fuqarolik xizmatchilariga fuqarolardan sovgʻa olishiga ruxsat bermaydi!

Uchinchidan, davlat fuqarolik xizmatchilarining sovgʻa olish masalasi bir qator rivojlangan davlatlar tomonidan huquqiy tartibga solingan, xususan, davlat fuqarolik xizmatchisi qabul qilishi mumkin boʻlgan bir martalik sovgʻaning qiymati AQSHda 20 dollar, yillik miqdori senatorlar uchun 350, kongressmenlar uchun 250 AQSH dollaridan oshmasligi lozim, Singapurda 50 singapur dollari, Buyuk Britaniyada 140 funt sterling (160 AQSH dollari), Fransiyada 35 yevro (34 AQSH dollari), Rossiya Federatsiyasida 3 ming rubl (49 AQSH dollari) Gruziyada 150 lari (54 AQSH dollari) etib belgilangan.Mazkur nizom loyihasi davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaning oldini olish sohasida huquqiy bazani takomillashtirishga xizmat qiladi.     

                                                             Qibray tumani Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish bosh yuristkonsulti Toʻqsonov Aziz