Янгиликлар
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma bering
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma bering
2023 yil 30 yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomanisini uydan turib YaIDXP orqali olish mumkin.
Buning uchun my.gov.uz orqali buyurtma berilib, unda:
boʼsh qatorlar oʼzingizga tegishli shaxsiy maʼlumotlar bilan toʼldiriladi;
tegishli bandlar tanlanadi;
yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil koʼrsatiladi;
mobil telefon yoki kompьyuter orqali shaxsiy imzo qoʼyiladi;
Soʼngi qadamda invoys shakllanib, BHMning 70 foizi (210 ming soʼm) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming soʼm toʼlov qilinadi.
Markaz xodimi buyurtmani koʼrib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.
Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil boʼyicha yetkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.
Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni DXMga topshiradi.
Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi Sh.Malikov